Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabda «Ochiq eshiklar kuni»

Matematika fanini o’qitishda o’quvchilarning bilim samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar va ularni bartaraf etish usullari

Mamlakatimiz yoshlarini  komil insonlar qilib tarbiyalash orqali, ertangi taraqqiyotning mustahkam poydevorini qo‘yish, yurtning buyuk kelajagini bunyod etishdek ezgu maqsadlar yotadi.
Bugungi kunda axborot texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo‘lmay turib hayotiy zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirib bo‘lmaydi. Shunga muvofiq zamonaviy ta’limning maqsad va vazifalari ham o‘zgarib, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhim o’rinni egallamoqda.
            Bugungi kunda  mamlakatimiz xalq ta’limi rivojiga hissa qo’shayotgan ta’lim fidoiylari hamfikr bo’lib, yagona kafolatlangan ilg’or texnologiya va texnikani ta’limning asosi bo’lmish 45 daqiqalik dars va darsdan keyingi mashg’ulotlarga kiritib, talimda sifat samaradorligini oshirishda o’z hissalarini qo’shishlari zarur deb o’y’layman.

 Quyida men ham tajribamda sinalgan o’quvchilarning bilim samaradorligiga ta’sir

etuvchi  muammoli omillar va ularni bartaraf etish  usullarimn keltirmoqchiman.

Matematika darslarida o’quvchilar  bilim sifatini joriy va  oraliq   nazoratlarda  1 yoki 2 variantli nazorat ishlar  orqali oladigan bo’sak, ayrim bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar a’lochi o’quvchilardan javoblarni turli yo’llar bilan olib, ko’chirmakashlik qilishdagi harakatlarni ayrim  hollarda amalga  oshirishlarini kuzatish mumkin.

Ushbu muammoni  kompyuterning Visual basic dastirurlash tilida tuzgan dasturim  bilan hal  qilishga  kirishdim (dasturdan parcha 1-rasm)

  Ushbu ko’p variantli tarqatma nazorat savollarini  tuzuvchi  dasturim  orqali  hal  qilish   imkoniyati  mavjud.   Dastur  muloqot   oynasida o’quvchi  sonini kiritishingiz bilan, qisqa  vaqt  ichida   tarqatma  naziorat ochiq yoki yopiq test  sinov  savollarini  tuzib  A4 farmatli  qog’ozga  sigadiga  formatga  keltirib , chop  etadi.  Alohida  qog’ozga oqituvchi  tekshirishi  uchun javoblar  kalitini  tayyorlab beradi. Savolarga  e’tibor  beradigan  bo’lsak (1-rasm) savol  matni  bir  xil  lekin  masaladagi  miqdorlar  soni  turlichadir.

   Ushbu usulda  nazorat  olinganda  birinchi to’garak  dars  masshg’ulotida qo’llaganimda  haqqoniy  baholar   yuzaga  chiqib, soxta yaxshi baholar oluvchi  o’quvchilar  past  ballar  olishdi. Ushbu  ballarni  tuzatish  uchun ular mendan  muhlat olishgandan  so’ng, izlanishga va haqqoniy tayyorlanishga  tushib masalalarni  yechgish  usullarini  o’rganishga   kirishib  ketishdi.   Keyingi  darsda   yana    joriy nazorat  olinganda  5  va  4   ball  oluvchi o’quvchilar  keskin oshganligi   kuzatim.      

  • Oliygohga  tayyorlanuvchi yuqori  sinf o’quvchilari  ko’p hollarda   kvadrat  tenglamaga  keladigan   masalalar  yechishda ayrim holarda  ko’p xonali  sonlardan kalkulyatorsiz ildiz  olish    usullarini  so’rashadi. To’garak  mashg’ulotlarida  ularga  ildiz  olishning  “Qo’sh  burchak  usulida ildiz olish” haqida   ma’lumot  berilgandan  so’ng , ular   kalkulatordan umuman  foydalanmay qo’yishdi.   Ushbu    “Qo’sh  burchak  usulida ildiz olish”  quyidagicha  amalga  oshiriladi: 
  •  son  qo’sh to’g’ri  burchaklar   orasiga  yoziladi
  •  son o’ngdan chapga tomon ikki raqamli juftlik guruhlarga ajratiladi ( agar son toq xonali bo’lsa oxirida bitta raqam  qoladi)
  • so’ng chap tomondagi birinchi juftlik raqamli songa   kvadrat darajasi eng yaqin  sonni  topib o’ng  tomondagi to’g’ri  burchakka va uning ikkilanganini chap tomondagi to’g’ri burchakka   yozamiz
  • chap tomondagi birinchi juftlikdan topilgan  son  kvadrat  darajasi ayiramiz va yoniga keying juftlik son  tushiramiz. ( Agar ikki  juftlik  bir  vaqtda  tushurilsa natija tomonga va chap tomondagi son  orqasida nol  raqami  qo’yiladi)
  • chap tomondagi  to’g’ri burchakdagi son  orqasiga va ostidan  yoziladigan ikkinchi bir xonali ko’paytuvchi  bir  xonali  sonni  shunday  topamizki, ko’paytma  ayirma natijasida  hosil  bo’gan  sondan  oshib  ketmasigi  kerak. Ushbu  raqamni javoblar katagiga  tushirib  boramiz(3-rasm)

Geometrik shakllar yordamida ingliz tili fe`l zamonlarini o`rganish

Ingliz tili fe`l zamonlarini o`rganish hamisha o`quvchilarda qiyinchilik tug`diradi. Chunki ingliz tili gap tartibi o`zbek tili gap tartibidan tubdan farq qiladi. O`zbek tilida gap ega bilan boshlanib kesim bilan tugaydi, ikkinchi darajali gap bo`laklari gapning o`rtasida( ega va kesim o`rtasida) keladi. Ingliz tilida esa butunlay boshqacha; Ega va kesim bir biridan ajralmagan holda gapning boshida keladi. Ikkinchi darajali gap bo`laklari esa tartib bilan :  aniqlovchi, to`ldiruvchi, hol keladi   Shuning uchun ingliz tilini fe`l zamonlarini o`rganishda geometrik shakllardan foydalanish  o`quvchilarda qiyinchilik tug`dirmaydi. Zero geometrik figuralarni o`quvchilar bog`cha yoshidan o`rganishgan.

Ingliz tili fani o’qituvchisi Sattorova L.

GEOMETRIYA FANINI O’QITISHDA O’QUVCHILARNING FAZOVIY TASAVVURINI RIVOJLANTIRISHDA SIMLI SHAKLLARDAN FOYDALANISH USULLARI

Geometriya fanini o‘qitishdan maqsad – tekislikdagi geometrik
figuralarning xossalarini sistemali ravishda o‘rganishdan, fazoviy tasavvurlarni
shakllantirishdan, mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat, hamda yondosh
predmetlar fizika, chizmalik, rassomchilik va boshqalar bilan uzviyligini
ta‘minlashdan iborat.

              Maktab-internatda geometriya fanini  o‘qitishda o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish barcha predmetlarni o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutadi.  O‘quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish ta‘lim jarayonining eng murakkab qismi bo‘lib hisoblanadi.

Sim orqali yasalgan geometrik  ko‘rgazma orqali  geometrik obrazning to‘laqonli  o’quvchi  ongida  tasvirlash mumkin.

«Sim orqali yasalgan fazoviy shakllardan foydalanib o’qitish usuli» dan bitiruvchi sinflarni oliygohga tayyorlashda qo’llanilganda 2018-2019 o’quv yilida 78%, 2019-2020 o’quv yilida 87% kirish natijalarini bermoqda. Demak bu usul o’z samarasini bermoqda/



Matematika fani o’qituvchsi Nematov Z.H.

WordPress Themes